locale OZ

Mbappeni haqorat qilgan muxlis bir yilga qamalishi mumkin

Voqea oʻtgan yilning avgust oyida sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappeni haqorat qilgan muxlis bir yilga qamalishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» hujumchisi Kilian Mbappeni irqiy kamsitgan muxlisga nisbatan ayblov tomoni bir yillik qamoq jazosi va 2880 yevro miqdorida jarima so‘radi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Voqea 2025 yil 24 avgust kuni «Nuevo Karlos Tartere» stadionida bo‘lib o‘tgan «qaymoqranglilar» va «Oviedo» (0:3) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuz bergan.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, fransiyalik forvardning haqoratlangani videokameraga tushib qolgan. Ushbu yozuv ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganidan so‘ng, bir necha soat ichida 300 ming marta tomosha qilingan.

Qayd etilishicha, muxlis Mbappeni uchrashuvning 37-daqiqasida «Oviedo» darvozasini ishg‘ol qilganidan so‘ng haqoratlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting