locale OZ

Mbappe Zidaning Fransiya terma jamoasiga tayinlanishini oldindan bilgan

Bu haqda L’Équipe nashri ma'lum qildi.
Mbappe Zidaning Fransiya terma jamoasiga tayinlanishini oldindan bilgan
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Zinedin Zidaning milliy jamoa bosh murabbiyiga aylanishini bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar tarqatishidan bir necha oy avval bilgan. Bu haqda L’Équipe nashri ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Zidan va Mbappe o'rtasida so'nggi bir necha yil davomida ishonchli munosabatlar shakllangan. Shu bois yangi bosh murabbiyning asosiy vazifalaridan biri Fransiya terma jamoasi sardori Mbappening ishonchini yanada mustahkamlash bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan 2021 yildan beri murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanmagan edi. U "Real"ni ikki marta — 2016–2018 va 2019–2021 yillarda boshqarib, jamoa bilan jami 11 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida ketma-ket uch marta Chempionlar ligasidagi g'alaba ham bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting