locale OZ

Mbappe YChLda gol urish boʻyicha Raulga yaqinlashib oldi

Ushbu koʻrsatkich boʻyicha roʻyxatni Krishtianu Ronaldu boshqarib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe YChLda gol urish boʻyicha Raulga yaqinlashib oldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar Ligasining chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (1:2) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Ushbu gol fransiyalik futbolchi uchun mazkur nufuzli turnirdagi 69-gol bo‘ldi va u eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida «Real» hamda «Shalke» sobiq futbolchisi Raul Gonsalesga yanada yaqinlashib oldi.

Musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingini «Manchester Yunayted» va «Real» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu (141 ta gol) boshqarib bormoqda.

Ikkinchi o‘rinda «Barselona» afsonasi Lionel Messi (129 ta gol) joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Robert Levandovski yakun yasagan. Faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya» va Myunxenning «Bavariya» klublarida to‘p surgan polshalik forvard ayni damda «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilmoqda va uning hisobida 109 ta gol mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting