locale OZ

Mbappe va Vinisius do'st emas

Futbolchilar o‘rtasidagi aloqalar asosan ish yuzasidan bo‘lib, ularning hech biri munosabatlarni yanada yaqinlashtirishga alohida intilmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe va Vinisius do'st emas
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior o‘rtasidagi munosabatlar kutilganidek yaqin emasligi ma’lum qilindi. Fransiyalik futbolchining jamoadoshlarining aksariyati bilan aloqalari faqat professional darajada ekani aytilmoqda. Bu haqda OK Diario nashriga tayanib, The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mbappe va Vinisius maydon hamda omma oldida o‘zaro yaqin munosabatda ko‘rinsa-da, aslida ular do‘st emas. Futbolchilar o‘rtasidagi aloqalar asosan ish yuzasidan bo‘lib, ularning hech biri munosabatlarni yanada yaqinlashtirishga alohida intilmayapti.

Shuningdek, jamoaning yana bir yulduzi Jud Bellingem bilan ham ayrim kelishmovchiliklar mavjudligi ta’kidlangan. Angliyalik yarim himoyachi avvalroq Mbappe va Vinisiusning ayrim xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan. “Real” rahbariyati esa undan vaziyatga sabr bilan yondashishni so‘ragan. Klub jamoadagi taranglikni kamaytirish va yetakchi futbolchilar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024-yilda PSJdan “Real”ga kelib qo‘shilgan. Vinisius Junior 2018-yildan, Jud Bellingem esa 2023-yildan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilmoqda. Hozircha futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlarga oid xabarlar rasman tasdiqlanmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting