Mbappe va Bellingem «Real»ning «Man Siti»ga qarshi javob oʻyini uchun qaydnomaga kiritildi
Hujumchi Kilian Mbappe va yarimhimoyachi Jud Bellingem UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi javob o‘yini uchun Madridning «Real» klubi qaydnomasiga kiritildi.
Avvalroq har ikki futbolchining sog‘lig‘ida muammolar mavjud edi. «Manchester Siti» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahs 17 mart kuni «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv «qirollik klubi»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. O‘sha o‘yinda Federiko Valverde xet-trik qayd etib, jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlagan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan mavsum finalida Italiyaning «Inter» jamoasini mag‘lub etgan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan edi.