locale OZ

Mbappe uzoq masofadan urilgan gollar soni boʻyicha shaxsiy rekordini yangiladi

«Real» hujumchisi «Alaves»ga qarshi bahsda bitta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe uzoq masofadan urilgan gollar soni boʻyicha shaxsiy rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi bahsda (2:1) gol urib, o‘zining yangi shaxsiy ko‘rsatkichini qayd etdi.

Fransiyalik forvard uchrashuvning 30-daqiqasida jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llab, hisobni ochdi — to‘p rikoshet yordamida darvoza to‘ridan joy oldi. Bu gol Mbappe uchun 2025/2026 yilgi mavsumda barcha turnirlar doirasida uzoq masofadan yo‘llangan sakkizinchi gol bo‘ldi.

Shu tariqa, u nafaqat o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi, balki ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropaning top-5 ligalari futbolchilari orasida yetakchiga aylandi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.

Joriy mavsumda Mbappe Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting