Mbappe uchun mavsum tugadi – manba
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sababli 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha bo‘lgan qolgan o‘yinlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mbappening jarohati dastlab ko‘ringanidan ancha jiddiyroq bo‘lib chiqqan. Biroq yakuniy tashxis qo’yilfanicha yo’q.
Avvalroq Mbappening chap oyog‘i tizza osti paylarida zo‘riqish borligi ma’lum bo‘lgan. Fransuz futbolchisi Ispaniya chempionatining 32-turi doirasidagi “Betis”ga qarshi o‘yinning (1:1) 81-daqiqasida zaxiraga olingan.
Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Mbappe 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.