Mbappe tizzasidagi jarohat bilan jami 270 daqiqa oʻynadi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning so‘nggi uchrashuvlarida og‘riqlar bilan maydonga tushgani ma’lum bo‘ldi. AS nashrining xabar berishicha, fransiyalik futbolchi jarohatlangan bo‘g‘im bilan jami 270 daqiqa o‘yin o‘tkazgan.
Mbappe La Liga doirasida «Alaves»ga qarshi (2:1) va «Sevilya» bilan bo‘lgan (2:0) uchrashuvlarda, shuningdek Ispaniya Kubogida «Talavera-de-la-Reyna»ga qarshi bahsda (3:2) to‘liq 90 daqiqadan harakat qilgan. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng futbolchining Ispaniya Superkubogi o‘yinlaridagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.
Superkubok yarim final uchrashuvlari 7 va 8 yanvar kunlariga belgilangan. Unda «Barselona» — «Atletik» (Bilbao) hamda Madridning «Real» va «Atletiko» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Turnir finali 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etiladi.
Kilian Mbappe «Qirollik klubi» safida 2024 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u Madrid jamoasi tarkibida 83 ta uchrashuvda 73 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Futbolchining klub bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar amal qiladi.