locale OZ

Mbappe «Selta»ga qarshi oʻyinda barmogʻini sindirib oldi

Biroq hujumchi «Man Siti»ga qarshi bahsda oʻynay oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Selta»ga qarshi oʻyinda barmogʻini sindirib oldi
FOTO: Getty Images

«Real» hujumchisi Kylian Mbappe Ispaniya La Ligasi 15-turida «Selta»ga qarshi 0:2 hisobida yakunlangan o‘yinda chap qo‘lining barmog‘ini sindirib oldi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi o‘yin davomida jarohat olgan bo‘lsa-da, uchrashuvni yakunlab qoʻydi. Shu bilan birga, u 10 dekabr kuni Chempionlar Ligasi 6-turida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi.

Eslatib o‘tamiz, «qaymoqranglilar» himoychisi Eder Militao ham «Selta»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Joriy mavsumda Mbappe klub va terma jamoa safida 25 o‘yinda maydonga tushib, 30 gol urdi va 7 samarali uzatma berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting