Mbappe Ronalduni ortda qoldirdi
Photo: Getty Images
“Real” hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 34-turida “Selta” darvozasiga gol urdi.
Natijada fransiyalik futbolchi “Real” safida rasmiy o‘yinlardagi gollari sonini 35 taga yetkazdi. U debyut mavsumida 33 ta gol urgan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Mbappedan faqatgina Fernando Sanyudo 1934/35 yilgi mavsumda (36 gol) va Ivan Zamorano 1992/93 yilgi mavsumda (37 gol) ko‘proq gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist