Mbappe «Real»ning «Selta»ga qarshi oʻyinini oʻtkazib yuboradi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 27-turi doirasidagi «Selta»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Fransiyalik forvard «qaymoqranglilar»ning ushbu bahs uchun qaydnomasiga kiritilmadi.
«Real» va «Selta» o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 6 mart kuni Vigodagi «Abanka Balaidos» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tunda (01:00 da) boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real»ning fransiyalik hujumchisi chap tizzasidagi paylarning cho‘zilishi tufayli jarohat olgan edi. Shu sababli u Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlarni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Joriy mavsumda Mbappe «Real» tarkibida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.