locale OZ

Mbappe «Real»ning kamida toʻrtta oʻyinini oʻtkazib yuboradi

Fransiyalik hujumchi tizzasidan jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real»ning kamida toʻrtta oʻyinini oʻtkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappeda bog‘lamlar cho‘zilishi aniqlandi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, MRT tekshiruvi tizza oldingi xochsimon bog‘lamida jarohat yo‘qligini ko‘rsatgan, biroq tashqi bog‘lamlar shikastlangani tasdiqlangan. Ushbu jarohat davolanish va dam olishni talab qiladi. Natijada Mbappe bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Agar L’Équipe tashxisi o‘z tasdig‘ini topsa, fransiyalik hujumchi kamida quyidagi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi:

  • — La Ligadagi «Betis»ga qarshi o‘yin (4 yanvar);
  • — Ispaniya Superkubogi yarim finalidagi «Atletiko»ga qarshi bahs (8 yanvar);
  • — jamoa finalga chiqqan taqdirda, 11 yanvardagi final uchrashuvi;
  • — chempionat doirasida «Levante»ga qarshi o‘yin (17 yanvar);
  • — Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi bahs (20 yanvar).

Eslatib oʻtamiz, Kilian Mbappe «Real» safida 2024 yil yozidan beri to‘p surmoqda. Shu vaqtga qadar u «Qirollik klubi» tarkibida 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting