locale OZ

Mbappe «Real»ga kelganidan buyon oltita «El Klasiko»ning beshtasida magʻlubiyatga uchradi

Fransiyalik yulduz 2024 yilning yozida «qirollik klubi» aʼzosiga aylangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real»ga kelganidan buyon oltita «El Klasiko»ning beshtasida magʻlubiyatga uchradi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaga kelganidan buyon «Barselona»ga qarshi o‘tkazilgan oltita o‘yinning beshtasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Navbatdagi muvaffaqiyatsizlik Ispaniya Superkubogi finaliga to‘g‘ri keldi — katalonlar «qirollik klubi»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «King Abdulla Sports City» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni bosh hakam Xose Munuera Montero boshqardi.

Mbappe final bahsini zaxirada boshladi va 76-daqiqada ispaniyalik Gonsalo Garsiya o‘rniga maydonga tushdi. Avvalroq fransiyalik hujumchi jarohati sababli musobaqaning yarimfinalini o‘tkazib yuborgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe «Real» safiga 2024 yil yozida Fransiyaning «PSJ» klubidan kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u 24 ta uchrashuvda 29 ta gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting