locale OZ

Mbappe «Real»da uning obro‘siga putur yetkazmoqchi bo‘layotganlar bor deb hisoblamoqda

Avvalroq klub bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa futbolchi tomonga «tosh» oʻtgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real»da uning obro‘siga putur yetkazmoqchi bo‘layotganlar bor deb hisoblamoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Qirollik klubi»da uning nufuzini tushirishga urinayotgan shaxslar bor degan fikrda. Fransiyalik futbolchini ushbu holat qattiq xafa qilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ispaniya nashrining maqolasida ta’kidlanishicha, avvalroq «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa fransiyalik forvardning g‘ururiga tegadigan bir nechta bayonotlar bergan.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni, 14 may oqshomida La Liganing 36-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real» — «Oviedo» (2:0) uchrashuvidan so‘ng Mbappe jurnalistlar qarshisiga chiqqan edi. O‘shanda u Arbeloa unga jamoadagi to‘rtinchi hujumchi ekanligini aytgani uchun ham o‘yinni asosiy tarkibda boshlamaganini ma’lum qilgandi. Matbuot anjumanida esa

ispaniyalik mutaxassis forvardning so‘zlarini inkor etdi va Mbappega hech qachon «klubning to‘rtinchi hujumchisisan» deb aytmaganini alohida ta’kidladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting