locale OZ

Mbappe «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi farqni aytdi

Fransiyalik futbolchi 2024 yilning yozidan buyon Madrid klubi safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi farqni aytdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «qaymoqranglilar» va «Barselona» o‘rtasidagi asosiy farqni nimada ko‘rishini aytib o‘tdi.

«“Barselona” futbol tarixiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan, ammo Madridning “Real” klubi jahon etaloni hisoblanadi. Dunyodagi barcha uchun, faqatgina “Barselona” muxlislaridan tashqari, “Real” eng yirik klub ekanligi yaqqol haqiqatdir», — dedi Mbappe.

Fransiyalik hujumchi «Real» safiga 2024 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Ushbu davr mobaynida Mbappe barcha musobaqalarda jami 103 ta o‘yinda maydonga tushib, 86 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting