locale OZ

Mbappe “Real” muxlislariga murojaat qildi

Fransiyalik futbolchi “Santyago Bernabeu”dagi muhit jamoani yanada kuchli qilishi va muxlislar bilan birgalikdagina katta maqsadlarga erishish mumkinligini qayd etdi.
Mbappe “Real” muxlislariga murojaat qildi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe klub muxlislariga murojaat qilib, jamoa sovrinlar uchun kurashishda ularning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj ekanini ta’kidladi. Fransiyalik futbolchi “Santyago Bernabeu”dagi muhit jamoani yanada kuchli qilishi va muxlislar bilan birgalikdagina katta maqsadlarga erishish mumkinligini qayd etdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mbappe madridlik muxlislarning jamoaga nisbatan yuqori talablarini to‘liq tushunishini bildirgan. Uning fikricha, “Real” kabi klubda har bir natija katta bosim ostida baholanadi va o‘tgan mavsumda sovrin qo‘lga kiritilmagani sabab muxlislarning noroziligi tabiiy. Shunga qaramay, hujumchi yangi mavsumda jamoaga ayniqsa uy uchrashuvlarida kuchli qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlagan.

“Bizga hozir ‘Bernabeu’ kerak. Bu dunyodagi eng yaxshi stadion va bizda eng yaxshi muxlislar bor. Ular biz bilan bo‘lsa, biz ancha kuchli bo‘lamiz. Agar sovrinlar yutmoqchi bo‘lsak, buni muxlislarsiz amalga oshira olmaymiz. Men faqat birga, yelkama-yelka harakat qilishimizni so‘rayman”, — dedi Mbappe.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2026/27-yilgi mavsumda “Real Madrid” safida hozirga qadar 7 ta uchrashuvda 8 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. La Ligada esa fransiyalik hujumchi 6 o‘yinda 7 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan ishtirok etmoqda. O‘tgan mavsumda u Chempionlar ligasida 11 uchrashuvda 15 ta gol urib, turnir to‘purari bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting