locale OZ

Mbappe \"Real Madrid\"dan ketishga qaror qildi

Fransiyalik futbolchi “Liverpul”ni o‘zining asosiy variantlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe "Real Madrid"dan ketishga qaror qildi
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2027-yil yozida jamoani tark etib, faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Fransiyalik futbolchi “Liverpul”ni o‘zining asosiy variantlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Fransua Galyardo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli hujumchi “Real Madrid”dagi ayrim vaziyatlardan norozi va klubni tark etish haqida o‘ylamoqda. “Liverpul” esa futbolchining onasi va vakili Fayza Lamari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan. Ingliz klubi Mbappe transferi uchun 200–250 million yevro sarflashga tayyor bo‘lishi mumkin.

Fransiyalik yulduzning noroziligiga kiyinish xonasidagi muhit va jamoadoshlari bilan munosabatlari sabab bo‘layotgani ta’kidlanmoqda. Shuningdek, futbolchining jarohatdan tiklanish jarayoni bilan bog‘liq ayrim masalalarda ham kelishmovchiliklar mavjud. Biroq Mbappening ketishi yoki “Liverpul” bilan muzokaralar olib borayotgani hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024-yil yozida PSJdan “Real Madrid”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Fransiyalik hujumchi 2025/26-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda 42 ta gol urgan. Shuningdek, 15 ta gol bilan UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting