locale OZ

Mbappe penaltilardan gol urish boʻyicha Immobilening rekordiga yaqinlashdi

Fransiyalik yulduz joriy mavsumda 12 ta penaltini aniq amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe penaltilardan gol urish boʻyicha Immobilening rekordiga yaqinlashdi
FOTO: Getty Images

«Real Madrid»ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe XXI asrda kuchli beshlik ligalarida bir mavsum davomida penaltidan gol urish bo‘yicha rekordni yangilashga juda yaqin turibdi.

Ispaniya La Ligasining 22-turidan o‘rin olgan «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsda (2:1) Mbappe 90+10-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Bu uning joriy mavsumdagi penaltidan urgan 12-goli bo‘ldi. Bu haqda Score 90 statistik portali xabar bermoqda.

Hozircha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Chiro Immobilega tegishli. Italiyalik hujumchi 2019/2020 yilgi mavsumda «Latsio» safida (hozirda «Bolonya»da) 15 marta penaltidan unumli foydalangan edi. Mbappega ushbu natijani takrorlash uchun 3 ta, yangilash uchun esa 4 ta gol kerak bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting