locale OZ

Mbappe oxirgi oʻyinlarda ogʻriq bilan oʻynadi — manba

Avvalroq fransiyalik futbolchida jarohat borligi maʼlum qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe oxirgi oʻyinlarda ogʻriq bilan oʻynadi — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning so‘nggi uchrashuvlarida og‘riqlar bilan maydonga tushgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Avvalroq fransiyalik futbolchida chap tizza bog‘lamlari cho‘zilishi aniqlangani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Manbaga ko‘ra, Mbappe dastlab ushbu jarohatni jiddiy deb hisoblamagan va alohida e’tibor talab qiladi, deb o‘ylamagan. Biroq futbolchi odatdagidek tezlikni oshira olmayotganidan shikoyat qilgan.

Kilian Mbappe «Qirollik klubi» safida 2024 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u Madrid jamoasi tarkibida 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting