locale OZ

Mbappe “Oltin to'p” va Chempionlar Ligasi o'rtasida tanlov qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe “Oltin to'p” va Chempionlar Ligasi o'rtasida tanlov qildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Oltin to'p”ni emas, balki Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni afzal ko'rishini aytdi.

“Oltin to'p” - bu individual sovrin va men har doim “Real”da bo'lish shunchaki bebaho ekanligini aytib kelganman. Men Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni va klubning bir qismiga aylanishni xohlayman.

Maqsadim? Men gol urishni yaxshi ko'raman, lekin eng muhimi bu jamoa bilan sovrinlar, jumladan, La Liga va Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritish”, - deydi fransiyalik yulduz.

Eslatib o'tamiz, Mbappe o'tgan yozda PSJ'dan “Real” safiga kelib qo'shildi. Tomonlar o'rtasida 2029-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting