locale OZ

Mbappe: «Oltin to‘p»? Balki yaqin orada mening ushbu sovrin bilan tushgan suratím paydo bo‘lar»

Taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe: «Oltin to‘p»? Balki yaqin orada mening ushbu sovrin bilan tushgan suratím paydo bo‘lar»
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubi hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish istagini yana bir bor ochiq bildirdi.

«Balki, yaqin orada mening ushbu sovrin bilan tushgan suratim ham paydo bo‘lar. Kim biladi?! Endi vaqti keldi! Bu yil buning uchun munosib yil», — dedi Mbappe The Athletic nashriga.

Fransiyalik yulduz «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. France Football tomonidan tashkil etiladigan taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi «Oltin to‘p» sovrini «PSJ» va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Usmon Dembelega nasib etgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting