Mbappe «Man Siti»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin
Avvalroq fransiyalik hujumchi nomsiz barmogʻini sindirib olgandi.
FOTO: Getty Images
«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinga jamoa qaydnomasiga kiritildi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq Mbappe La Liga 15-turida «Selta»ga qarshi bahsda (0:2) chap qo‘lidagi nomsiz barmog‘ini sindirib olgani xabar qilingandi. Shuningdek, u jamoaning o‘yinoldi mashg‘ulotida ishtirok etmagani qayd etilgandi.
Uchrashuv bugun, 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da Madridda joylashgan Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Manchester Siti» umumiy bosqich turnir jadvalida 10 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda, «Real Madrid» esa 12 ochko jamg‘argan holda oltinchi pog‘onani egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist