locale OZ

Mbappe «Man Siti»ga qarshi oʻyin oldidan «Real» mashgʻulotlarini oʻtkazib yubordi

Madrid klubi ertaga «shaharliklar»ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Man Siti»ga qarshi oʻyin oldidan «Real» mashgʻulotlarini oʻtkazib yubordi
FOTO: Getty Images

Fransiyalik hujumchi, Madridning «Real» klubi yetakchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, umumiy guruh bilan shug‘ullanmagan yana bir futbolchi — yarim himoyachi Eduardu Kamavinga.

Maʼlumot uchun, «Real» — «Manchester Siti» bahsi ertaga, 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Joriy mavsum Chempionlar ligasining finali Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs 2026 yil 30 may kuni o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting