“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatining ilk bosqichida “Liverpul”ga o‘tish imkoniyati bo‘lganini ma’lum qildi. Fransiyalik futbolchining aytishicha, onasi aynan ingliz klubini eng ko‘p yoqtirgan va uning “Enfild”da o‘ynashini istagan. Bu haqda Mbappe intervyusiga tayanib The Touchline xabar bermoqda.
Mbappening so‘zlariga ko‘ra, u “Monako”da o‘ynab yurgan paytda “Liverpul” bilan muzokaralar olib borgan va Yurgen Klopp bilan ham uchrashgan. Hujumchi o‘sha davrni eslab, Kloppning loyihasi va klubning rejalarini tinglaganini, hatto “Liverpul”ga o‘tishga juda yaqin bo‘lganini aytgan.
“Onamning eng sevimli varianti ‘Liverpul’ edi. U mening o‘sha yerda o‘ynashimni xohlardi. Men Klopp bilan uchrashganman, munosabatlarimiz juda yaxshi. Lekin yakunda onamning gapiga kirmadim — Parijga qaytishni va Fransiyada qolishni istadim”, — deya Mbappening so‘zlari keltiriladi.
Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp ham avvalroq Mbappeni 2017-yilda “Liverpul”ga olib kelishga harakat qilganini tasdiqlagan. Nemis mutaxassisi futbolchi va uning oilasi bilan uchrashgan, biroq Mbappe yakunda “Monako”dan PSJga o‘tgan