locale OZ

Mbappe La Ligadagi gollari soni bo‘yicha Anrini ortda qoldirdi

U La Ligada 36 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe La Ligadagi gollari soni bo‘yicha Anrini ortda qoldirdi
ФОТО: Getty images

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionati 5-turidan o‘rin olgan “Espanyol”ga (2:0) qarshi bahsda to‘p kiritdi.

Bu fransiyalik futbolchi uchun La Ligadagi 36-gol bo‘ldi. Natijada Kilian bu borada hamyurti — “Barselona” sobiq hujumchisi Tyerri Anrini (35) ortda qoldirdi.

Shu tariqa, 26 yoshli Mbappega 36 ta gol uchun 39 o‘yin kerak bo‘ldi. Anri esa 35 ta golni 80 ta bahsda urgan.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe “qirolicha klubi”ga 2024 yil yozida o‘tgan edi. U hozirgacha “Real” safida barcha turnirlar doirasida 51 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Anri esa kataloniyaliklar safida 2007 yildan 2010 yilgacha o‘ynab, jami 49 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting