locale OZ

Mbappe JCh-2022 yarim finalidan buyon ilk bor mundialda gol ura olmadi

Fransiyalik yulduzning oʻziga xos golli seriyasi yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe JCh-2022 yarim finalidan buyon ilk bor mundialda gol ura olmadi
FOTO: Getty Images

Kilian Mbappe JCH-2022 yarim finalidan buyon ilk bor Jahon chempionati o‘yinida gol ura olmadi.

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH-2026 guruh bosqichi 3-turida Norvegiyaga qarshi bahsda gol bilan ajralib chiqa olmadi. Uchrashuv Fransiyaning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bungacha Mbappe Jahon chempionatlaridagi ketma-ket uchta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. U JCH-2022 finalida Argentinaga qarshi xet-trik qayd etgan, JCH-2026da esa Senegal va Iroq darvozasiga ikkitadan gol urgandi.

Norvegiyaga qarshi bahsda Mbappening golli seriyasi to‘xtadi. Shunga qaramay, u uchrashuvda ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Fransiya terma jamoasi guruh bosqichini 9 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting