locale OZ

Mbappe jarohati sababli Islandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Hujumchi Ozarbayjonga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe jarohati sababli Islandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
ФОТО: Getty images

Kilian Mbappe jarohat olib, terma jamoa lagerini tark etdi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining to‘pig‘idagi jarohati qaytalagan. Natijada u 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Islandiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Ozarbayjonga qarshi o‘yinda (3:0) jarohat olgan edi. Bosh murabbiy Didier Desham uchrashuvdan so‘ng futbolchining holati haqida ma’lumot berdi:

“Kilian o‘yinda tovon sohasida og‘riq sezdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo xavf tug‘ilmasligi uchun Islandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi ma’qul deb topdik”, ‑ dedi Desham.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting