locale OZ

Mbappe jarohati sabab «Real»ning keyingi ikkita oʻyinini oʻtkazib yuborishi mumkin

Fransiyalik yulduzning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe jarohati sabab «Real»ning keyingi ikkita oʻyinini oʻtkazib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe chap tizzasidan olgan jarohati sababli bugun, 25 fevral kuni Chempionlar Ligasi doirasidagi «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. AS nashri xabariga ko‘ra, u 2 mart kuni bo‘lib o‘tadigan «Xetafe»ga qarshi bahsda ham maydonga tushmasligi mumkin.

Klub rahbariyati va shifokorlar Mbappening 7 mart kuni «Selta»ga qarshi kechadigan o‘yingacha safga qaytishiga ishonch bildirishmoqda. L'Equipe nashri esa hujumchi 24 fevral kungi mashg‘ulotni jarohat sababli to‘xtatishga majbur bo‘lganini tasdiqladi.

Maʼlumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 38 ta gol yozdirib qo‘ydi va jamoadoshlariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting