Mbappe jarohat sabab Fransiya terma jamoasining lagerini tark etdi
Uning o‘ng to‘pig‘idagi yallig‘lanish hali ham davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe kecha Ukrainaga qarshi o‘yinda (4:0) dubl qayd etgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli fransuz kecha jarohat olgan. Natijada u Fransiya terma jamoasi tarkibini tark etadi va Madridda tekshiruvdan o‘tadi.
Uning o‘ng to‘pig‘idagi yallig‘lanish hali ham davom etmoqda.
Kilian joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida 16 ta o‘yinda 18 ta gol urdi va 2 ta assist berdi. Ukrainaga qarshi bahsda u faoliyatidagi 400-golini urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist