locale OZ

Mbappe jarohat olib, Fransiya yig‘inini tark etdi

Hujumchi Turkiyaga gol urish vaqtida jarohatlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe jarohat olib, Fransiya yig‘inini tark etdi
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
25.09.2026, Yak.
Turkiya
0
Fransiya
1

Mbappe jarohat olib, Fransiya yig‘inini tark etdi

Hujumchi Turkiyaga gol urish vaqtida jarohatlandi.

Kilian Mbappe sentyabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlarida boshqa maydonga tushmaydi.

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Turkiyaga (1:0) qarshi o‘yinda g‘alaba golini urgan paytda tizzasidan jarohat oldi.

Bosh murabbiy Zinedin Zidan o‘yindan keyin vaziyat «yaxshi ko‘rinmayotganini» aytdi. Shuning uchun tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Mbappe milliy jamoa ixtiyoridan ketadi.

Ko‘p o‘tmay Fransiya milliy jamoasi rasman ma’lum qildi: «pay jarohati tufayli Kilian ushbu yig‘inlar yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi»

Bu mavsumda hujumchi «Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi safida 9 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting