Mbappe jamoadoshlariga «Barselona» uchun chempionlik yoʻlagini yaratishga toʻsqinlik qildi
Uchrashuv kataloniyaliklarning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi finalidagi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadoshlariga «Barselona» futbolchilariga chempionlik yoʻlagi tashkil etishga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda jurnalist Alfredo Martines xabar berdi.
Turnirning final uchrashuvi Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «King Abdulla Sports City» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Qayd etish joiz, «Barselona» o‘z tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritib, ushbu turnir rekordchisiga aylandi. Madridning «Real» klubi esa mazkur sovrinni 13 bor qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, kataloniyaliklar so‘nggi yetti o‘zaro uchrashuvning oltitasida «Real» ustidan g‘alaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist