locale OZ

Mbappe Jahon chempionatlarida tarixiy natijaga erishdi

Fransiyalik yulduz uzoq yillik rekordni yangiladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Mbappe Jahon chempionatlarida tarixiy natijaga erishdi
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 1966-yildan buyon Jahon chempionatlarida kamida 20 ta samarali harakat amalga oshirgan uchinchi futbolchiga aylandi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe mundiallardagi gollari va golli uzatmalari soni bo‘yicha 20 ta samarali harakat ko‘rsatkichiga yetdi.

1966-yildan beri bu natijaga faqat uch futbolchi erishgan: Gerd Myuller, Ronaldo Nazario va Kilian Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 I guruhi 3-turida Fransiya Norvegiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Mbappe ushbu uchrashuvda gol ura olmadi, ammo ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Fransiya terma jamoasi guruh bosqichini 9 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting