locale OZ

Mbappe Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tizzasini operatsiya qildirmoqchi emas — AS

Fransiyalik hujumchi oʻtgan yilning dekabr oyidan buyon tizzasidagi muammolar sabab aziyat chekmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tizzasini operatsiya qildirmoqchi emas — AS
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yil AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish istagi tufayli tizzasini operatsiya qildirmoqchi emas. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik forvard 2025 yilning dekabr oyidan buyon tizza boylamlari bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekmoqda. Shu sababli Mbappe Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvini (2:1) o‘tkazib yuborgan edi.

Shunga qaramay, hujumchi jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lmayapti, chunki bu uning jahon birinchiligidagi ishtirokini so‘roq ostida qoldirishi mumkin. Futbolchi ayni damda konservativ davolanish variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Mbappe 2024 yilning yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u «PSJ» va «Monako» klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda hujumchi klub miqyosida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting