Mbappe Jahon chempionati pley-off bosqichlari tarixida yangi rekord o‘rnatdi
Mbappe boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi esa 2026-yilgi Jahon chempionatida chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.
Foto: Getty Images
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionati pley-off bosqichlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Shvetsiyaga qarshi bahsda kiritgan golidan so‘ng Mbappe mundialning pley-off uchrashuvlaridagi gollari sonini 9 taga yetkazdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordni yakka o‘zi egalladi. Avvalgi rekord braziliyalik afsonalar Leonidas da Silva va Ronaldoga tegishli bo‘lib, ular 8 tadan gol urishgan edi.
26 yoshli hujumchi Jahon chempionatlari tarixidagi eng sermahsul futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Uning mundiallardagi umumiy gollari soni ham rekord darajalarga yaqinlashib bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist