locale OZ

Mbappe Garsiyaning xet-trikiga munosabat bildirdi

«Real» hujumchisi «Betis»ga qarshi oʻyinda uchta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe Garsiyaning xet-trikiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Gonsalo Garsiyaning «Betis»ga qarshi o‘yinda qayd etgan xet-trikiga munosabat bildirdi. La Liganing 18-turi doirasidagi ushbu bahsda «qirollik klubi» raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Mbappe mazkur uchrashuvni jarohati sababli o‘tkazib yubordi va katta ehtimol bilan yaqin o‘yinlarda ham maydonga tusha olmaydi.

Fransiyalik futbolchi Gonsaloning o‘yinidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi «storis»ida quyidagi fikrni qoldirdi:

«Bum! Tabriklayman va bundan ham katta muvaffaqiyatlar tilayman. Bombardir Gonsalo Garsiya!»

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Gonsalo Garsiya «Real» safida 18 ta o‘yinda (418 daqiqa) maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting