locale OZ

Mbappe Fransiya milliy jamoasining JCh-2026dagi asosiy maqsadini aytdi

Faranglar muddatidan avval mundial yo'llanmasini qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe Fransiya milliy jamoasining JCh-2026dagi asosiy maqsadini aytdi
FOTO: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ukraina ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng (4:0) jamoasining JCh-2026dagi asosiy maqsadi haqida fikr bildirdi.

«Bizning maqsad — yarimfinalga chiqish emas. Maqsad — jahon chempioni boʻlish. Jahon chempionati — har bir futbolchining orzusi. Musobaqaga keladigan 48 ta jamoaning ham niyati — gʻalaba qozonish... Agar biz yarim finalda magʻlub boʻlsak, demak, maqsadga erishmagan boʻlamiz», — dedi Mbappe.

Maʼlumot uchun, Fransiya JCh-2026 saralash bosqichining 5-turidan soʻng 13 ochko jamgʻargan holda «D» guruhida peshqadamlik qilmoqda va muddatidan avval mundial yo'llanmasini qoʻlga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting