Mbappe Fransiya — Iroq uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Kilian o‘yinda dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
27 yoshli forvard bellashuvda dubl qayd etdi va jamoasining pley-offga yo‘l olishida katta hissa qo‘shdi.
Shu tariqa, Kilian to‘purarlar ro‘yxatida 4 ta gol urib, Lionel Messini ta’qib qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2-turdan so‘ng Fransiya milliy jamoasi 6 ochko to‘plagan holda I guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Shuningdek, Norvegiya hisobida ham aynan shuncha ochko mavjud.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist