locale OZ

Mbappe faoliyatini “Fenerbahche”da davom ettirishi mumkin

Istanbul klubi yosh futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe faoliyatini “Fenerbahche”da davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

“Lill” yarim himoyachisi Etan Mbappe faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Kilian Mbappening 19 yoshli ukasi vositachilar tomonidan “Fenerbahche”ga taklif qilingan. Istanbul klubi yosh futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Fenerbahche” qishki transfer oynasi oldidan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni kuzatmoqda. Etan Mbappe ham klubning ehtimoliy transferlar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar yoki kelishuv mavjud emas.

Etanning “Lill” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Fransuz klubi futbolchini o‘z safida saqlab qolish va u bilan yangi kelishuv imzolash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. “Fenerbahche” esa futbolchi bo‘yicha yakuniy qarorni uning o‘yinlarini kuzatib, sport bo‘limi xulosasidan so‘ng qabul qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Etan Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida “Lill” safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning transfer qiymati 12 million yevro atrofida baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting