locale OZ

Mbappe ECHLdagi gollari soni bo‘yicha Ruud van Nistelroyni ortda qoldirdi

U kecha "Marsel" darvozasiga ikki marotaba gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe ECHLdagi gollari soni bo‘yicha Ruud van Nistelroyni ortda qoldirdi
ФОТО: Getty images

“Real” hujumchisi Kylian Mbappe Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Marsel”ga qarshi bahsda turnirdagi 56 va 57-gollarini urdi.

Bu orqali fransuz futbolchisi “Real” va “MYu”ning sobiq hujumchisi Ruud van Nistelroyni (56) ortda qoldirib, “Bavariya”ning sobiq futbolchisi Thomas Müllerga yetib oldi.

Shu tariqa, Mbappe va Müller 142 ta o‘yinda 71 ta gol urgan sobiq “Real” futbolchisi Rauldan biroz ortda qolishmoqda.

Ma'lumot uchun, Chempionlar ligasidagi eng yaxshi to‘purarlik natijasi “MYu”, “Real” va “Yuventus”ning sobiq hujumchisi Cristiano Ronaldoga tegishli. U turnir doirasida jami 183 ta o‘yin o‘tkazib, 140 ta gol muallifi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting