Mbappe Chempionlar Ligasida oʻziga xos rekord oʻrnatdi
Fransiyalik yulduz joriy mavsum davomida safar uchrashuvlarida jami 10 ta golga mualliflik qildi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida noyob rekord o‘rnatdi. U turnir tarixida bir mavsum davomida safar uchrashuvlarida 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.
Mbappe o‘zining safardagi 10-golini Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi chorak final javob uchrashuvida kiritdi. U o‘yinning 42-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mazkur bahsda germaniyalik futbolchilar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Bavariya»dan qabul qilingan ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Madrid klubi Chempionlar Ligasidagi ishtirokini yakunladi.
Ma’lumot uchun, turnirning amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda Fransiya klubi Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida tormor keltirgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist