Mbappe Chempionlar Ligasi to’purariga aylandi
Fransiyalik forvard 15 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasi final uchrashuvidan so‘ng turnirning eng yaxshi to‘purari aniqlandi. U o‘z hisobiga 15 ta gol yozdirib qo‘ygan “Real”ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni turnir davomida 14 ta gol urgan “Bavariya” forvardi, angliyalik Harri Keyn egalladi. Kuchli uchlikni hisobida 10 tadan gol bo‘lgan “PSJ”ning gruziyalik forvardi Xvicha Kvaratsxeliya, shuningdek, Xulian Alvares (“Atletiko”) va Entoni Gordon (“Nyukasl Yunayted”) yakunlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi finalida “PSJ” “Arsenal”ni mag‘lub etdi (1:1, 4:3 pen.).
“PSJ” tarixdagi ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan ikkinchi klubga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist