Mbappe «Barselona»ga qarshi bahsni zaxiradan boshlaydi — manba
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe bugungi Superkubok finalida «Barselona»ga qarshi o‘yinni zaxirada boshlaydi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, boshlang‘ich tarkibda hujumchi Gonsalo Garsiya maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni «Real» Mbappeda chap tizzasidagi bog‘lamlar cho‘zilishi aniqlangani haqida xabar bergan edi.
Eslatib oʻtamiz, Superkubok yarimfinalida «Real» «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan, «Barselona» esa «Atletik»ni 5:0 hisobida yengib, finalga yo‘l olgan. Amaldagi Superkubok egasi «Barselona» bo‘lib, jamoa 2025 yilgi finalda «Real»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Final o‘yini 11 yanvar kuni Saudiya Arabistoni, Jidda shahridagi «King Abdullah Sports City» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.