locale OZ

Mbappe «Atletiko»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi — manba

Uchrashuv 8 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Atletiko»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi yarimfinalida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi. Uchrashuv 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Mbappe «Real» bilan birga ushbu uchrashuvga borishi aytilgandi, biroq uning jarohati sababli o‘yinda ishtirok etishi shubha ostida qolayotgandi. Endilikda esa fransiyalik futbolchi «Atletiko»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarimfinalida «Barselona» va Bilbao shahrining «Atletik» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Turnir finali 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024 yil yozidan buyon «qirollik klubi» safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u Madrid jamoasi safida 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 73 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting