Mbappe APLga yo‘l olishi mumkin
Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Uning xizmatlariga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda.
Teamtalk nashri insayder Fransua Gallyardoga tayanib xabar berishicha, mersisaydliklar allaqachon futbolchining onasi Fayza Lamari bilan aloqa o‘rnatgan.
Qayd etilishicha, Mbappe «Real» kiyinish xonasida yetarlicha mehr va qo‘llab-quvvatlashni his qilmayapti. Bu holat fransiyalik futbolchiga jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.
Bundan tashqari, Mbappe Madrid klubidagi ikki mavsumi davomida hali jiddiy sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
Avvalroq «Liverpul» kelasi yozda fransiyalik hujumchini 250 million yevro evaziga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mbappe 2024-yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.