locale OZ

Mbappe agar «Real»ga oʻtmaganida faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi mumkinligini aytdi

Fransiyalik hujumchi 2024 yilning yozidan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe agar «Real»ga oʻtmaganida faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi mumkinligini aytdi
FOTO: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe agar 2024 yilning yozida Madrid klubiga o‘tishi amalga oshmaganida, kelajagi qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Parijda yetti yil o‘tkazdim, bu men uchun sharaf edi. O‘ylashimcha, bu haqda yetarlicha gapirmaganman yoki buni ko‘rsatmaganman, lekin qayerdan kelganimni va «PSJ» qanchalik buyuk klub ekanini har doim yodda tutganman. Doim aytganimdek, bu Fransiyaning eng katta klubi va dunyoning eng yaxshilaridan biri. Keyinchalik men dunyoning eng buyuk klubiga («Real» Madrid) o‘tdim, biroq «PSJ»dan faqat shu klub tufayli ketishim mumkinligini doim ta’kidlaganman. Agar «Real»ga o‘tolmaganimda, butun umrim davomida «PSJ»da qolgan bo‘lardim.

Men ushbu klubda o‘ynashni orzu qilganman va hozir bundan juda xursandman. Parijliklarning o‘yinlarini doim tomosha qilaman, u yerda do‘stlarim bor va ular hozirda juda yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi One Football.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting