locale OZ

Mbappe 3–8 haftaga safdan chiqishi mumkin — fizioterapevt

Biroq yakuniy tashxis tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe 3–8 haftaga safdan chiqishi mumkin — fizioterapevt
Foto: Getty Images

“Real Madrid” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe tizzasidan olgan jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Sport jarohatlari bo‘yicha mutaxassis, ispaniyalik fizioterapevt Anxel Vilyanueva futbolchining tiklanish muddati ko‘p holatlarda 3 haftadan 8 haftagacha davom etishini taxmin qildi. Bu haqda mutaxassis o‘zining X sahifasida ma’lum qilgan.

Vilyanuevaning fikricha, tasvirlarga qaraganda og‘riq Mbappening chap tizzasi orqa-tashqi qismida joylashgan. Mutaxassis asosiy ehtimol sifatida sonning ikki boshli mushagining pastki qismidagi cho‘zilish yoki mikrojarohatni ko‘rsatgan. Tashqi menisk shikastlanishi ham ehtimoliy variantlardan biri sifatida tilga olingan. Biroq yakuniy tashxis tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.

Fizioterapevtga ko‘ra, yengil jarohatda tiklanish 2–3 hafta, o‘rtacha darajada 4–6 hafta, jiddiy holatda esa 6–8 hafta davom etishi mumkin. Eng og‘ir ssenariyda, ya’ni jiddiy uzilish aniqlansa, futbolchi 10–12 haftagacha safdan chiqishi ehtimoli bor. Fransiya futbol federatsiyasi hozircha Mbappeda chap tizzaning pay sohasi shikastlanganini rasman ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Mbappe Millatlar ligasi doirasidagi Turkiyaga qarshi uchrashuvda g‘alaba golini urganidan so‘ng tizzasidan jarohat oldi. Fransiya 0:1 hisobida g‘alaba qozongan bahsdan keyin hujumchi terma jamoa qarorgohini tark etib, qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tish uchun Madridga qaytdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting