locale OZ

Mbappe 2027-yilda “Liverpul”ga o‘tishga tayyor

Fransiyalik hujumchi Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, aynan “Liverpul”ni ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe 2027-yilda “Liverpul”ga o‘tishga tayyor
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2027-yil yozida Angliyaning “Liverpul” jamoasiga o‘tishga tayyor. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Fransua Galyardo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” vakillari futbolchining onasi va agenti Fayza Lamari bilan aloqaga chiqqan. Fransiyalik hujumchi Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, aynan “Liverpul”ni ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, Mbappe “Real” kiyinish xonasida yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayotganidan norozi. Shu sababli u Madrid klubini tark etish haqida o‘ylamoqda. Futbolchining ehtimoliy transfer qiymati 200–250 million yevroga baholanmoqda. Hozircha tomonlar bu xabarlarni rasman tasdiqlamagan.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Mbappe 2024-yil yozida PSJdan “Real”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Fransiyalik futbolchi “Real” safida 111 ta uchrashuvda 94 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting