Maykl Olise so‘nggi bir yil ichida assistlar borasida ajoyib natija qayd etdi
Myunxenning "Bavariya" klubi va Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise so‘nggi bir yil ichida assistlar borasida ajoyib natija qayd etdi.
24 yoshli futbolchi klub va terma jamoa safida jami 31 ta assist amalga oshirdi. Shundan 27 tasi "Bavariya", yana 4 tasi Fransiya terma jamoasi safida qayd etilgan.
Olise 2025/26-yilgi mavsumda o‘zining yuqori saviyadagi o‘yini bilan "Bavariya"ning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi. U nafaqat gollari, balki sheriklariga yaratib bergan imkoniyatlari bilan ham jamoa muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shmoqda.
Fransiyalik futbolchi ayni paytda Yevropa futbolidagi eng sermahsul pleymeykerlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda va uning muvaffaqiyatli o‘yini yirik klublarning ham e'tiborini tortishda davom etmoqda.