locale OZ

Maykl Olise «Liverpul»ga o‘tishdan bosh tortdi

24 yoshli futbolchi Angliyaga qaytishni rejalashtirmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Olise «Liverpul»ga o‘tishdan bosh tortdi
ФОТО: Getty images

«Bavariya»ning qanot hujumchisi Maykl Olise yozgi transfer oynasida «Liverpul»ga o‘tish variantini rad etgan. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mersisayd klubi fransiyalik futbolchi bo‘yicha «Bavariya»ga so‘rov yuborgan. Biroq na Germaniya klubi, na Olishening o‘zi transfer bo‘yicha muzokara olib borishni istagan.

Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchi Angliyaga qaytishni rejalashtirmayapti. Agar Olise kelajakda «Bavariya»ni tark etadigan bo‘lsa, u faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishni xohlaydi. «Real» va «Barselona» ham futbolchining ushbu pozitsiyasidan xabardor.

Olise joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha musobaqalarda yettita uchrashuvda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchi ushbu bahslarda raqiblar darvozasiga 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Maykl Olishening bozor qiymati 170 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting