locale OZ

Maykl Olise — Germaniya Bundesligasining eng yaxshi assistenti

Shuningdek, 24 yoshli futbolchi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Olise — Germaniya Bundesligasining eng yaxshi assistenti
FOTO: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 2025/2026 yilgi mavsumi oʻz yakuniga yetdi. Yakunlangan chempionat natijalariga koʻra, golli uzatmalar amalga oshirish borasida Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta golli pas berdi va Bundesliga asistentlari poygasida mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Mavsumning eng yaxshi asistentlari kuchli uchligi quyidagicha koʻrinish oldi:

  1. Maykl Olise («Bavariya») — 19 ta golli uzatma (32 ta oʻyinda)
  2. Yulian Ryuerson («Borussiya Dortmund») — 15 ta golli uzatma
  3. Luis Dias («Bavariya») — 14 ta golli uzatma

Eslatib oʻtamiz, Myunxenning «Bavariya» klubi 34 ta oʻyinda 89 ochko jamgʻargan holda muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan edi. Bu myunxenliklar uchun oʻz tarixlaridagi 35-Germaniya chempionligi boʻldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting